• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
12.06.2025 245

Oʻzbekiston - Ozarbayjon "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar koʻrgazmasi

Gallery Image
Gallery Image

O‘zbek farmatsevtika kompaniyalari Bokudagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

2025-yil 10–12-iyun kunlari Boku shahrida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi savdo va sarmoyaviy hamkorlik forumi doirasida "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

“Made in Uzbekistan” stendida farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “Vida Verde Pharm”, “Uzgermed pharm”, “Samo”, “Dentafill plyus”, “Nobel Pharmsanoat” korxonalari oʻz mahsulotlari va ishlanmalarini taqdim etmoqda. Ular tomonidan taqdim etilgan yuqori sifatli dori vositalari va zamonaviy ishlanmalar koʻrgazma ishtirokchilari va xalqaro hamkorlar eʼtiborini tortmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu nufuzli tadbir doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tashrifi kutilmoqda.

Mazkur tashrif turkiy davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik va oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish