Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, ilmiy salohiyatini yuksaltirishi, innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchi bo‘lgan yosh avlodning intellektual va kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Men bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlarimiz bilan har qancha faxrlansam, g‘ururlansam arziydi».
Bugun tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, olimlar va tadqiqotchilar o‘z bilim va salohiyati, fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Agentlik tomonidan yoshlarning kasbiy va ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajribani o‘zlashtirishi hamda innovatsion loyihalarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Aziz yoshlar, sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda yuksak yutuqlar hamda barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni muborak bo‘lsin!