• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
20.05.2025 294

Oʻzbekiston – Vengriya: Farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlik

Gallery Image
Gallery Image

Budapeshtda farmatsevtika va investitsiyalar muhokama qilindi.

 

Joriy yilning 19 may kuni Vengriyaning Budapesht shahrida xizmat safarida boʻlib turgan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “Gedeon Richter” va “MEDITOP Pharmaceutical” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar davomida Oʻzbekistonda talab yuqori boʻlgan dori vositalarini investitsiya kiritish orqali va shartnoma asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bu yoʻnalishda amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.

Shu bilan birga, investitsiya loyihalari doirasida mahalliylashtirish jarayonlarida davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, “Hayotiy zarur dori vositalari” roʻyxatini shakllantirishda jahon tajribasini inobatga olish hamda mahalliylashtirishning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish