• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
07.11.2025 193

Yaponiya delegatsiyasi bilan farmatsevtika sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

Joriy yilning 4 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston bozorini o‘rganish, farmatsevtika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibiga "Pharmaceutical Cooperative Union in NARA" va uning quyidagi yetakchi kompaniyalari vakillari kirdi:

Shinsei Pharmaceutical Industry Co., Ltd.

Daibutsudo Pharmaceutical Co., Ltd.

SATO YAKUHIN KOGYO Co., Ltd.

TAMURA PHARMACEUTICAL CO., LTD.

Yamato Godo Pharmaceutical Co., Ltd.

Agentlik direktori Abdulla Azizov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy dori vositalarini eksport qilish hajmini oshirish va importga bog‘liqlikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nafaqat mahsulot tayyorlash, balki uni sotish jarayonida ham xorijiy hamkorlarni jalb etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv samimiy va ishbilarmonlik muhitida o‘tdi hamda tomonlar kelgusida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish