• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
30.01.2026 106

Ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

Gallery Image

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va sohada faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi. Muloqot davomida Euro GMP sertifikati talablariga muvofiqlikni ta’minlash hamda PIC/S kabi xalqaro tuzilmalarga a’zo bo‘lish masalalari, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, shartnomali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, eksport salohiyatini oshirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek davlat xaridlari jarayonida ishlab chiqaruvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni inobatga olgan holda, farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish hamda mahalliy mahsulotlar ulushini kengaytirishga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish