• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
03.02.2026 144

Bog‘dodda «Made in Uzbekistan»: eksport salohiyatimiz xalqaro sahnada

Gallery Image

2026 yil 1 fevral kuni Iroq Respublikasining Bog‘dod shahrida mamlakatdagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri – «Baghdad International Fair» o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi munosib ishtirok etmoqda.

Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 1000 kv. metr maydonda tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» milliy stendi orqali mamlakatimizning eksportbop mahsulotlari xalqaro mehmonlar, xaridorlar va biznes doiralari e’tiboriga havola etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda sohaga oid mahalliy korxonalar ham faol ishtirok etmoqda. O‘zbek farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini bevosita xorijiy xaridorlarga taqdim etib, yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatish va eksport shartnomalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 7 fevral kuniga qadar davom etadi. Oldinda yana qator samarali uchrashuvlar, muzokaralar va o‘zaro manfaatli kelishuvlar kutilmoqda.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish