• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
11.02.2026 228

Hamkorlik yo‘lida muhim qadam

Gallery Image

Bugun D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo-Texnologiya Universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda bitiruvchi talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng jalb etish masalalarini muhokama qildilar.


Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad — korxonani zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh mutaxassislar bilan ta’minlash, talabalarga esa amaliyot o‘tash jarayonida real ishlab chiqarish muhiti, ilg‘or texnologiyalar va professional tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat. Shuningdek, tomonlar kelgusida qo‘shma amaliy loyihalar, malaka oshirish dasturlari va ilmiy-amaliy tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham fikr almashdilar.


Ishonch bildiramizki, ushbu hamkorlik ta’lim va sanoat integratsiyasini yanada mustahkamlab, yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi hamda mamlakatimiz farmatsevtika va kimyo sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish