• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
17.03.2026 438

Farmatsevtika tarmog‘ida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Gallery Image

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yil davomida farmatsevtika korxonalarida energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda energiya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan kompleks ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 2026 yil mart oyining 11 va 17 mart kunlari Agentlik direktor o‘rinbosari boshchiligida farmatsevtika tarmog‘idagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari va mas’ul mutaxassislar ishtirokida video-konferens aloqa vositasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishlarda 2026 yil davomida bajarilishi rejalashtirilgan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishlarda Energiya samaradorligi milliy agentligi vakillari, 30 dan ortiq yirik dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Videokonferensiyalar davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

➡️ korxonalarda energiya auditi o‘tkazish va mavjud yo‘qotishlarni aniqlash;

➡️ energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni joriy etish;

➡️ ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish;

➡️ qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

➡️ energiya samaradorligi bo‘yicha ichki nazorat va monitoring tizimini takomillashtirish.

Shuningdek, yig‘ilishlarda korxonalarga amaliy tavsiyalar berilib, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha individual “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur chora-tadbirlar farmatsevtika mahsulotlari tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash hamda sohaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish