• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
15.05.2026 155

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

Magistr talabalar korxona hududida joylashgan 1-sex faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jarayon davomida malakali mutaxassis, Rozliv bo‘limi boshlig‘i H. Shokarimov tomonidan ampula dori ishlab chiqarish uskunalari, texnologik jarayonlar hamda tayyor dori vositalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Talabalar ishlab chiqarish jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib, mutaxassislar bilan qizg‘in savol-javoblar va fikr almashuvlar olib borishdi. Tashrif davomida korxonadagi bevosita va bilvosita tizimli ish faoliyati amaliy tarzda namoyish etildi.

Yosh va izlanuvchan magistrlar korxonamizning barcha faoliyat yo‘nalishlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lib, kelgusida ham UZGERMED PHARM MCHJ QK korxonasiga yana bir necha bor tashrif buyurish istagini bildirishdi.

Korxonamiz yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish borasida doimo xayrixoh bo‘lib, buning uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanligini alohida ta’kidlaymiz.

Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish