• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
22.05.2026 10

“KIHE 2026” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari munosib ishtirok etdi

Gallery Image
Gallery Image

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida mamlakatdagi eng yirik tibbiyot sohasi tadbirlaridan biri — “KIHE 2026” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari ham faol ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaning so‘nggi kunida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari vakillari Qozog‘iston Respublikasi davlat xaridlari tizimida ishtirok etuvchi distributorlik kompaniyalari hamda xususiy klinikalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar natijasida qariyb 5 million AQSH dollari miqdorida kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Agentlik xodimlari farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun o‘zaro hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, ko‘rgazmada ishtirok etgan 20 ta davlat orasida O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi “Eng yaxshi mahsulot namoyishi” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish