• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
08.06.2026 6

Samarqand viloyatidagi farmatsevtika korxonalari faoliyati o‘rganildi

Gallery Image

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Samarqand viloyatidagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qator korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Jumladan, Agentlik direktori “SEEM” MChJ hamda “Vaksina Farm Medical” korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar, mahsulotlar assortimenti va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro sifat standartlari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlarini o‘zlashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahalliylashtirish darajasini kengaytirish va sohadagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganishlar yakunida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish