• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
09.06.2026 6

Shvetsiya delegatsiyasi "BioPharm City" faoliyati bilan tanishdi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

"BioPharm City" innovatsion farmatsevtika klasterida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Shvetsiya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tomas Danestad boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Agentlik faoliyati, mamlakatimizda farmatsevtika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda "BioPharm City" farmatsevtika klasteri hududida shakllantirilayotgan zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish infratuzilmasi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya Farmatsevtika texnik universitetida bo‘lib, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari va zamonaviy ta’lim muhiti bilan tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida farmatsevtika va biofarmatsevtika sohalarida ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash, texnologiyalar transferi, klinik tadqiqotlar hamda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Shvetsiyaning ilg‘or tajribasini jalb qilish, shved kompaniyalari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida ta’lim, ilm-fan, farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklari ta’kidlandi.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish

Referent narxlar va sohadagi dolzarb...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi...

Ko'proq o'qish